"BAXT" XUSUSIY KORXONASI HAQIDA

Zavodimiz, tariximiz, qadriyatlarimiz va maqsadlarimiz haqida qisqacha
Tariximizga 1996 yilda Samarqandda tamal toshi qo'yilgan, o'shanda Moskva go'sht va sut sanoati institutining sobiq bitiruvchisi, uzoq yillar mobaynida Chirchiq va Samarqand go'shtni qayta ishlash zavodlarida ishlagan Baxtiyor Musinov, "BAXT" xususiy korxonasini tashkil etgan hamda unga rahbarlik qilishni boshlagan edi. Faoliyatining boshidanoq va hozirgi kunga qadar korxonamiz Sovet va Yevropa klassik retseptlari bo'yicha kolbasa va delikateslar ishlab chiqarishga ixtisoslashib kelmoqda.




Musinov Baxtiyor Muxamedjanovich, "BAXT" bosh direktori
Mahsulotlarni ishlab chiqarishda biz birinchi navbatda barqaror sifat va klassik kolbasa hamda delikateslar uchun an'anaviy bo'lgan ta'mga e'tibor qaratamiz. Shu sababli ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni nazorat qilib boramiz. Masalan, veterinariya-sanitariya shifokorlarimiz xom go'shtni olgandan so'ng uni ko'rikdan o'tkazadilar, agar zaruriyat tug'ilsa, uni professional jihozlangan laboratoriyaga tadqiqot o'tkazish uchun yuboradilar. O'sha yerda xomashyoning sifati to'grisida xulosa chiqariladi.

Malakali kadrlarsiz ham yuqori sifatga erishib bo'lmaydi. Bizning texnologlar jamoamiz Moskva va Toshkentdagi oliygohlarda texnologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot olgan xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat. Ular Avstriya, Germaniya va Rossiyada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan o'tkaziladigan mahorat darslari va seminarlarda tez-tez qatnashib turishadi.

Korxonamiz doimiy ravishda o'sib bormoqda. 1996 yilda faqatgina go'shtni qayta ishlash bo'yicha kichik sex bor bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda kolbasa ishlab chiqarish bo'yicha asosiy sexdan tashqari, pashtetlar ishlab chiqarish bo'yicha alohida sex, tovuq go'shtini qayta ishlash va tovuq farshini tayyorlash sexlari mavjud. Bundan tashqari o'zimizning sabzavot yetishtiriladigan maydonlarimiz, mevali bog'larimiz va baliq yetishtirish uchun suv havzalarimiz ham bor, shu sababli barcha xodimlarimiz kuniga uch mahal to'laqonli ovqat bilan ta'minlanishgan.

Bugungi kunga kelib BAXT yuqori texnologiyali, tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonaga aylanib ulgurdi. Biz 63 turdagi sertifikatlangan mahsulotlarni ishlab chiqaramiz va Samarqandda kolbasa mahsulotlari sotish bo'yicha yetakchimiz. Ammo muvaffaqiyat qozonish – hammasi emas. Biz ijtimoiy faol va ahamiyatga molik kompaniya bo'lishni xohlaymiz. Shu bois bir vaqtning o'zida bir nechta jamoat muassasalariga moliyaviy yordam ko'rsatib kelmoqdamiz. Jomboy tumanining "Chorvador" aholi punktidagi o'rta maktab, Samarqand shahridagi 60-sonli bolalar bog'chasi, Jomboy shahar kasalxonasi, kar va soqovlar jamiyati, nogironlar jamg'armasi hamda "Mahalla" jamg'armasi shular jumlasidandir.

Navbatdagi qadamimiz – butun O'zbekiston bozorini zabt etish. Biz bir nechta firma do'konlarini allaqachon ochganmiz va Toshkentda yetkazib berish xizmatini ishga tushirdik, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Qarshi va Termizda tarqatishni yo'lga qo'ydik.

Quyidagi tugmani bosib, yashab turgan shahringizda "BAXT" kolbasa va delikateslari qayerda sotilishini bilib oling: